Yaponiya Rossiyaning 9 ta kompaniyasiga sanksiya e’lon qildi

Olam

image

Yaponiya sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyadan 9 ta kompaniya va bir nafar jismoniy shaxs qo‘shildi. Bu haqda Yaponiya moliya va tashqi ishlar vazirliklari bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, “kunchiqar yurt” tomoni mamlakatdagi 2 ta kompaniyani Rossiya Federatsiyasi va Belarus bilan aloqadorligi borligini ham taxmin qilmoqda.

“Rossiyaning Shimoliy Koreyadan qurol sotib olishiga kelsak, Yaponiya buni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining tegishli qoidalarini buzilishi, deb hisoblaydi. Bu esa Ukrainadagi vaziyatning yanada yomonlashishiga zamin yaratadi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Yaponiya tomonidan “Davlat aviakompaniyasi 224 Flight Squad” OAJ bosh direktori Vladimir Mixeychikga nisbatan sanksiyalar joriy etildi, shuningdek, Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “IBEX Shipping” va “Asia Shipping Holding” transport kompaniyalari ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Agar Yaponiyada yuqorida tilga olingan kompaniya va jismoniy shaxslarning aktivlari aniqlansa, ular muzlatiladi. Shuningdek, ushbu yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun Yaponiya hukumatining maxsus ruxsati talab qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing