Yaponiya Rossiyani yuqori texnologiyalardan mosuvo qiladi
Olam
−
13 may 2022
12021Yaponiya joriy yilning 20 mayidan boshlab kvant kompyuterlari, 3D-printerlar, elektron mikroskoplar kabi yuqori texnologiyali tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlaydi. Tovarlar ro‘yxati Yaponiya hukumati qarori munosabati bilan Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi saytida e’lon qilingan.
“Ukraina atrofidagi xalqaro vaziyat munosabati bilan mamlakatimiz ushbu muammoni hal qilish uchun dunyo tinchligi yo‘lidagi xalqaro sa’y-harakatlarga o‘z hissasini qo‘shmoqda va hukumatning 10 maydagi qaroriga muvofiq, Rossiyaga yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportini taqiqlashni joriy qilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar 20 maydan kuchga kiradi”, deyiladi vazirlik qarorida.
Ma’lumot o‘rnida, Yaponiya hukumati tomonidan 10 may kuni qabul qilingan sanksiyalar 141 kishi va 71 tashkilotga taalluqli. Umuman olganda, Yaponiya Rossiyadan 507 kishiga, LXR va DXRdan 253 kishiga, 201 Rossiya kompaniyasi va tashkilotiga, jumladan, eng yirik banklarga qarshi sanksiyalar kiritgan.
LiveBarchasi