Yaponiya Rossiyadan ayrim mahsulotlar importini to‘xtatmoqda
Olam
−
12 aprel 2022
5994Yaponiya hukumati Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli joriy etilayotgan sanksiyalar doirasida joriy yil 19 apreldan boshlab Rossiyadan ayrim turdagi yog‘ochlarni olib kirishni taqiqlashni tasdiqladi. Bu haqda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koiti Xagiuda ma’lum qildi.
“Importni taqiqlash 19 apreldan kuchga kiradi, u yog‘ochning ayrim turlarini, shuningdek, texnika va spirtli ichimliklarni qamrab oladi”, degan vazir.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi saytida ma’lum qilinishicha, 19 apreldan keyingi uch oylik taqiq tegishli farmon kuchga kirgunga qadar tuzilgan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida 7 aprel kuni Tokioning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi