Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi
Texnologiya
−
20 yanvar
6853Yaponiya uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin.
Yaponiya kosmik agentligi vitse-prezidenti Xitoshi Kuninaka raketaning Yerga yumshoq qo‘nishi asosli ekanini qayd etdi:
"Agar qo‘nish muvaffaqiyatli bo‘lmaganda, juda katta tezlikda Oy yuzasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lardi va kosmik kemaning funksiyalari butunlay yo‘qolardi. Lekin u hali ham bizga muntazam ravishda ma’lumotlar yetkazmoqda. Demak, biz maqsadimiz – muvaffaqiyatli qo‘nishni epladik", deydi u.
Ma’lumot uchun, SLIM'ning oyga muvaffaqiyatli qo‘nishi Yaponiyani AQSH, Sovet Ittifoqi, Xitoy va Hindistondan keyin Oyga yetgan beshinchi davlatga aylantirdi.