Yaponiya Oyda yashash loyihasini ishga tushirdi
Olam
−
24 dekabr
3955Yaponiya universiteti va Qurilish kompaniyasi sun’iy tortishish kuchini yaratishga qodir bo‘lgan Oy “turargohi“ loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda “Kyodo News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu odamlarga Oyda Yerdagi sharoitlarga yaqin sharoitda yashash imkonini beradi.
Kioto universiteti va Kajima Corp qurilish kompaniyasi 2030 yilga borib yer prototipi – Neo Lunar Glass deb nomlangan loyiha orqali tortishish hosil qiluvchi paraboloid strukturasini yaratishni rejalashtirmoqda. Ushbu texnologiya mikrogravitatsiyaning uzoq muddatli ta’sirining inson tanasiga salbiy ta’siri, jumladan suyak va mushaklarning yemirilishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi kutilmoqda.
Lunar Glass diametri taxminan 200 metr va balandligi 400 metr bo‘lib, 10 ming kishini sig‘dira oladi. Joriy yilda boshlangan loyiha birinchi navbatda modellar va kompyuter simulyatsiyalaridan foydalangan holda asosiy muammolarni aniqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya Oydan foydali elementlar qazib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Yaponiyaning Oyni o‘rganish bo‘yicha ispace kompaniyasi va Magna Petra geologiya-qidiruv firmasi Yer yo‘ldoshidagi resurslarni qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olgan.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva