Yaponiya Mars yo‘ldoshiga kosmik kema jo‘natmoqchi

Texnologiya 3036
image
image
-

Yaponiya 2024 yilda Mars yo‘ldoshi — Fobosga kosmik kema yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda NHK xabar bergan.  

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 iyun kuni Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suganing ofisida kosmik tadqiqotlar sohasidagi strategiya bo‘yicha shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. 

“Kosmos — bu odamlarga orzu va umidlar baxsh etadigan chegara, shu bilan birga kelajak iqtisodiyoti va jamiyatini qo‘llab-quvvatlovchi asosdir. Biz bugungi qaror asosida zarur choralarni kuchaytiramiz”, degan Bosh vazir yig‘ilishda. 

Ta’kidlanishicha, qayta ko‘rib chiqilgan reja doirasida Fobosga Yaponiya aerokosmik agentligi tomonidan kosmik kema uchirish rejalashtirilgan. Manbalarga ko‘ra, 2029 yilga qadar tuproq namunalarini olish va ularni Yerga yetkazish ham rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Xitoyning Marsga uchirgan roveri Zhurong (“Chjuchjun”) Yerga qizil sayyora sathidan bir qator suratlarni, shu jumladan selfilarini yuborgani haqida xabar bergandik. 

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 20
Reyting: 3
t
×