Yaponiya kuzda yana G7 sammitiga mezbonlik qiladi
Olam
−
13 iyul 2023
24082023 yilda G7ga raislik qiluvchi Yaponiya kuzda “Katta yettilik”ning onlayn sammitiga mezbonlik qiladi. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni Bryusselga borgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi.
“Bu yil kuzda men G7 onlayn sammitini o‘tkazaman, uning asosiy mavzusi generativ sun’iy intellekt bilan bog‘liq masalalar bo‘ladi”, degan Kishida Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi-Yaponiya sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Yaponiya hukumati rahbari sun’iy intellekt, xususan, generativ sun’iy intellektning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar butun xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy muammoga aylanganini ta’kidlagan. Kisida Yaponiya ushbu masala bo‘yicha xalqaro muloqotga rahbarlik qilishiga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19-21 may kunlari Yaponiyaning Xirosima shahrida G7 sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda birlikka kiradigan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada hamda Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan birga Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya va Ukraina rahbarlari ham qatnashgandi.
LiveBarchasi