Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
07 may 2022
6632Shimoliy Koreya bugun, 7 may kuni Yapon dengiziga yana bir ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xabar berdi.
Yaponiya patrul kemalari mintaqadagi kemalarni, agar raketa parchalari aniqlansa, ularga yaqinlashmaslikka, balki darhol rasmiylarga murojaat qilishga chaqirdi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi hozirda Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa uchirilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Yil boshidan beri Pxenyan 10 dan ortiq raketa sinovlarini o‘tkazdi, jumladan, qit’alararo ballistik raketa prototipini sinovdan o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning “Kyodo” agentligi Vazirlar Mahkamasi vakiliga tayanib 4 may kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirganini xabar qilgan edi.
LiveBarchasi