Yaponiya Bosh vaziri Bayden bilan til topishganini aytdi
Olam
−
19 aprel 2021
2460Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga o‘zining AQSHga tashrifi Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan ishonchni mustahkamlashga yordam berganini ma’lum qildi.
"Biz Prezident Bayden bilan ishonch munosabatlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik", degan Suga.
16 aprel kuni Vashingtonda Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga va AQSH Prezidenti Jo Bayden ilk bor uchrashdi.
Uchrashuvdan so‘ng ular Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlik haqida gapirib, Gonkong va Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqasidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanliklarini bildirdi.
Bundan tashqari, siyosatchilar Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlarini qoralagan va Sharqiy Xitoy dengizidagi status-kvoni o‘zgartirish bo‘yicha bir tomonlama harakatlarga qarshi chiqqan.
Ma’lumot o‘rnida, Yoshihide Suga Bayden Amerika rahbari sifatida ish boshlaganidan beri u bilan shaxsan uchrashgan birinchi chet el rahbari bo‘ldi.
Avvalroq, Bayden AQSH va Yaponiya Xitoy Xalq Respublikasi va Shimoliy Koreya tomonidan yuzaga keladigan muammolarni birgalikda qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi