Yaponiya biznesga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qarori uchun Rossiyaga norozilik bildirdi

Olam

image

Yaponiya hukumati soliq shartnomalarining ayrim qoidalarini to‘xtatish qarori munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirdi. Bu haqda Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi.

“Rossiya Yaponiya-Rossiya soliq shartnomasining ayrim qoidalarini bir tomonlama to‘xtatib qo‘yishga qaror qilganidan afsusdamiz. Bugun biz diplomatik kanallar orqali Rossiya tomoniga norozilik bildirdik va bu qarorni bekor qilishni talab qildik”, deydi Xirokadzu Matsuno.

Uning fikricha, bunday choralar biznesga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Biz Rossiyaning Yaponiya-Rossiya soliq shartnomasining ayrim qoidalarini to‘xtatib qo‘yishi tadbirkorlik faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir qiladi, deb hisoblaymiz. Rossiya tomoni qarorini sinchkovlik bilan o‘rganib, yapon kompaniyalarining ahvoli haqida ma’lumot to‘plashni davom ettiramiz va tegishli choralarni ko‘ramiz”, deya qo‘shimcha qilgan bosh kotib.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa “do‘stona bo‘lmagan davlatlar” bilan soliq shartnomalarining ayrim qoidalarini to‘xtatib turish haqidagi farmonni imzolagan edi. Yaponiya ham shunday davlatlar qatoriga kiradi.

Farmonda aytilishicha, bu qaror ayrim davlatlarning “nodo‘stona xatti-harakatlari” munosabati bilan tezkor choralar ko‘rish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya biznes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing