Yaponiya afg‘on ayollarining hayotini yaxshilash uchun katta pulni xayriya qildi
Olam
−
19 noyabr 2025 2359 2 daqiqa
Yaponiya Afg‘onistonning chegara hududlaridagi ayollarning turmush sharoitini yaxshilash uchun 5,6 million dollar ajratdi. Bu haqda kecha, 18 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi xabar berdi.
“Chegara hududlarida iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish orqali ayollarning turmush sharoitini yaxshilash loyihasi” nomli ikki yillik tashabbus 73 ta kichik loyiha orqali jamiyatga asoslangan ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanishni kuchaytirish va 2100 nafar ayol boshchiligidagi kichik va o‘rta biznes korxonalarining moliya va bozorlarga kirishini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, mahalliy iqtisodiyotni inklyuziv tiklashga yordam beradi.
Loyiha subsidiyalangan kreditlar va tadbirkorlikni o‘rgatish orqali tadbirkor ayollarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga, shu orqali ayollarning iqtisodiy mustaqilligi hamda ularning oila va jamiyatni tiklashga qo‘shgan hissasini oshirishga qaratilgan.
Ushbu tashabbus bundan oldingi “Xususiy sektorda ayollarning iqtisodiy faolligini kuchaytirish loyihasi” doirasida erishilgan natijalarga asoslanadi, u 1260 ayol boshchiligidagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlagan va 2500 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratgan, ularning 87 foizini ayollar edi. Loyiha, shuningdek, mahalliy barqarorlik va turmush sharoitini yaxshilaydigan 90 ta jamoat infratuzilmasi ob’ektlarini to‘ldirishga qaratilgan. Yangi tashabbus ushbu natijalarning ko‘proq ayollar, oilalar va chegara hududi hamjamiyatlari uchun qamrovini kengaytiradi.
Afg‘onistondagi Yaponiya elchisi Kenichi Masamotoga ko‘ra, ushbu yangi loyiha ayollarga o‘zlari va oilalari uchun xavfsiz va samarali ish imkoniyatlarini yaratishga yordam beradi. BMT Taraqqiyot dasturining Qobuldagi doimiy vakili Stiven Rodrigez esa ayollarning ish imkoniyatlariga ega bo‘lishi – to‘siqlarni yengib o‘tishi va jamiyat rivojlanishiga hissa qo‘shishi uchun muhimligini urg‘ulgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2026 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi. O‘tgan yilning dekabr oyida Afg‘oniston O‘zbekiston bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni navbatdagi yilga uzaytirgan edi.
Live
Barchasi