Yapon politsiyasi jinoyatchilarni aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi

Olam

image

Yaponiya politsiyasi xodimlari sun’iy intellektga (AI) asoslangan tizimni joriy qildi. Bu ularga internetda jinoyatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni avtomatik ravishda batafsil qidirish imkonini beradi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ilgari yapon politsiyasi faqat qurol va portlovchi moddalar kabi shubhali kalit so‘zlarni qidirgan.

Yangi tizim noqonuniy faoliyatning batafsil tafsilotlarini qamrab olib, ulardan foydalanish kontekstini o‘rganish imkonini beradi.

Taxminlarga ko‘ra, sun’iy intellektning joriy etilishi jinoyatga tayyorgarlik belgilarini aniqlashni ham tezlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida politsiyaning jinoyatchilarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi.

Avvalroq Yaponiya politsiya departamenti 2022 yilda mamlakatda sodir etilgan kiberjinoyatlar soni rekord darajadagi 12 ming 369 taga yetganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy intellekt Yaponiya politsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing