Yapon kompaniyasi EV Sport 01 futuristik sportkarini taqdim etdi
Texnologiya
−
20 iyul 2023
4694Avtomobil dizayni va texnologiyalariga ixtisoslashgan AIM yapon muhandislik kompaniyasi o‘zining birinchi to‘liq elektrlashgan avtomobili EV Sport 01`ni namoyish etdi. Bu haqda “Topspeed” nashri xabar berdi.
E’tiborli jihati shundaki, AIM`ning EV Sport 01 elektr transport vositasi sport avtomobillarining konsepsiyasini yangiladi. Dizayner Shiro Nakamura tomonidan ishlab chiqilgan mashina quvvat va barqarorlikning mukammal uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan.
AIM EV Sport 01 an’anaviy yonish dvigatelli sport avtomobillari bilan raqobatlashadigan ta’sirchan ishlash ko‘rsatkichlariga ega. Uning kuchli elektr uzatgichi 3,1 soniyada 60 mil/soat tezlikka erisha oladi.
“Biz bugungi sport avtomobillari kabi tezlik ko‘rsatkichlari o‘rniga, burilish vektorini boshqarish va haydash jarayonidan zavqlanishga e’tibor qaratdik”, deydi AIM vakili Yukinori Suzuki.
Mashina, shuningdek, 81 kVt/soat quvvatga ega zamonaviy litiy-ion batareyalar to‘plami bilan jihozlangan. Uning saloni ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Ushbu yengil avtomobilning og‘irligi atigi 3141 funt va ikkita APM200 dvigateli orqali boshqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Lilium kompaniyasi Ispaniya janubida vertikal parvoz qiluvchi uchar taksini sinovdan o‘tkazgan edi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi