Ispaniyada uchar taksi sinovdan o‘tkazildi

Texnologiya

image

Germaniyaning Lilium kompaniyasi kecha, 18 iyul kuni Ispaniya janubida vertikal parvoz qiluvchi uchar taksini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Wfmz” nashri xabar berdi.

Taksining reaktiv uslubidagi shaxsiy kabinasida oltita o‘rindiq mavjud. Bir vaqtning o‘zida olti nafar yo‘lovchi va uchuvchi ushbu qurilmaga joylashishi mumkin.

“Biz parvoz davomida kuzatuvchilarga yaqin va sekin uchdik. Chunki, uning barcha imkoniyatlarini namoyish etishni istadik”, dedi kompaniya bosh injeneri Deniyel Vigand.

Lilium Jet "birinchi to‘liq elektr vertikal uchish va qo‘nish reaktivi" sifatida e’tirof etildi. Yaqin yillarda Xitoy, Italiya va Shveysariya kabi bir qator mamlakatlarda ham yangicha tizim yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Xususan, Xitoyning Heli-Eastern eltish xizmati allaqachon Lilium Jet taksidan 100 dona buyurtma bergan.

“Kompaniya sifatida bizning keyingi qadamimiz - shu yil dekabr oyida mahsulotimizning seriyalarini ko‘paytirish”, dedi injener.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tesla o‘zining yangi sinmas oynali Cybertruck`ini taqdim etdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing