Lamborghini rekord darajada ko‘p premium avtomobillar sotdi
Olam
−
21 yanvar 3205 1 daqiqa
Italiyaning premium avtomobillar ishlab chiqaruvchi Lamborghini kompaniyasi 2025 yilda sportkarlar savdosi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga erishdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 10 ming 747 dona avtomobil sotgan. Bu Lamborghini tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi bunday yuqori natijalarni gibrid avtomobillar bo‘yicha strategiyasi hamda barcha mintaqalardagi barqaror savdolar bilan izohlamoqda.
Eng ko‘p avtomobillar Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalarida sotilgan – bu hududlarda 4 ming 650 dona sportkar realizatsiya qilingan. Keyingi o‘rinda Shimoliy va Janubiy Amerika turibdi – 3 ming 347 dona. Uchinchi o‘rinni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi egallagan – 2 ming 750 dona sotuv qayd etilgan.
Lamborghini bosh direktori Stefan Vinkelmanning aytishicha, rekord darajadagi yetkazib berishlar soni brendning murakkab global sharoitda ham raqobatchilar fonida ajralib tura olish qobiliyatini tasdiqlaydi.
Mutaxassislar, shuningdek, Yevropada ishlab chiqarilgan premium va lyuks avtomobillar savdosida barqaror o‘sish kuzatilayotganini qayd etmoqda. Qimmat avtomobillarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshgan.
Ijobiy dinamika Audi’da (25,4 foizga o‘sib, 3,6 ming dona), Porsche’da (5,7 foizga, 2 ming 55 dona) va Lamborghini’da (5,9 foizga, 143 dona) ham kuzatilgan. Ferrari (75,6 foizga, 72 dona) va Rolls-Royce (62,7 foizga, 205 dona) ko‘rsatkichlari ham e’tirof etilmoqda.
Live
Barchasi