O‘zbekistonlik mexaniklar Lamborghini yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ikki havaskor-mexanik Lamborghini Aventador avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Car.ru xabar berdi.

Afsonaviy avtomobilning dastlabki modellarini avtohavaskorlar o‘z qo‘llari bilan garajda yig‘gan. Ushbu loyiha mualliflaridan birining so‘zlariga ko‘ra, ularga bir nechta buyurtma ham bo‘lgan. Hozircha birgina Aventador`ning kuzovi yig‘ilgan.

Birinchi avtomobilning yig‘ilishini yakunlash uchun mexaniklarga yana 40 kun kerak bo‘ladi.

Avtomobillarning kuch qurilmasi sifatida mahalliy dvigatellardan foydalaniladi. Mashinaning dinamik xarakteristikasi ham mukammal avtomobildan ancha farqli bo‘ladi. Ammo ushbu modelning ustunligi uning narxida bo‘ladi. Mashina narxi 1 259 888 rubl (19 982,05 dollar) bo‘ladi. Bu tur haqiqiy sport mashinasi xaridorga 22 048 040 rublga (349 685,79 dollar) tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Lamborghini

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing