Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Yangiyo‘ldagi yangi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

3-sahifa

image

Kecha, 27 mart kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 5 qavatli uning 2-qavatida joylashgan xonadonda to‘planib qolgan tabiiy gazning chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Yangiyo‘l tuman hokimligi xabar berdi.

Chaqnash oqibatida 5 ta qavatdan iborat uyning 3 ta qavatidagi xonadonlar oynalari singan. Buning oqibatida 1970 yilda tug‘ilgan B.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1974 yilda tug‘ilgan O‘.A. turli kuyish tan jarohatlari olgan. 

“2025 yilning 27 mart kuni taxminan soat 21:50 larda, Yangiyo‘l tuman Markaziy shifoxonasi shifokori L.G‘ulomovaning xabariga ko‘ra, fuqarolar Yangiyo‘l tumani Gulbahor mahallasi Gulbahor ko‘chasi 13 a uy, 37-xonadonda yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1979 yilda tug‘ilgan, O‘.A.ning tanasi 60 foiz kuyishi tashxisi bilan kelganligini ma’lum qilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ushbu ko‘p qavatli uy to‘liq bitkazilib topshirilmagani sababli bu yerda fuqarolar yashamasligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan va buning ortidan yong‘in chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangiyo'l gaz portlashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing