Qo‘qondagi “dom”da gaz portladi
Jamiyat
−
12 mart 2025 6702 1 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi va buning ortidan yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:58 da Qo‘qon shahar “Mustaqillik” MFYdagi ko‘p qavatli uyning xonadonlardan birida yong‘in bo‘lgani yuzasidan xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari 13:04 da yetib borib, 13:06 da yong‘in o‘rab olinib, 13:10 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Vafot etganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilganida gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida sodir bo‘lganligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Navoiy shahri Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatining 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergani haqida xabar berilgandi. Ushbu chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan va bir kishi halok bo‘lgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr