Uçtepadagi yonğinda vafot etgan ayol qasddan öldirilgani ma’lum böldi
3-sahifa
−
09:45 4016 2 daqiqa
Toşkent şahrining Uçtepa tumanida xonadon yonğinida halok bölgan ayol yaşagan uyga qasddan öt qöyilgani aniqlandi. Hodisa joyida bir-biriga boğliq bölmagan uçta yonğin öçoği aniqlangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş Prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 24 oktyabr kuni soat 02:00 larda tumandagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölgan. Yonğin joyida 2000 yilda tuğilgan ayolning jasadi topilgan. Şuningdek, uning yelkasidan son qismigaça bölgan joylarida termik jarohatlar aniqlangan.
Hodisa joyini közdan keçiriş davomida oşxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga boğliq bölmagan uçta yonğin öçoği borligi aniqlangan. Şuningdek, xonadonga qasddan öt qöyilgan bölişi mumkinligini körsatuvçi alomatlar ham qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan 24 oktyabr kuni Uçtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi va qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu yonğin sababli hodisa joyiga çaqirilgan qutqaruvçilar avtomobili köp qavatli uylar oldidagi yöllarda maşinalarning tartibsiz qöyib taşlangani sababli yurişga qiynalgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr