Yangiyo‘ldagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – BP

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonda portlash yuz bergani va ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur portlash yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya q so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura portlash

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing