Yangiyo‘ldagi gaz "zapravka”da yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi gaz "zapravka”da “Kamaz” rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 12 yanvar kuni soat 22:13 da Yangiyo‘l tumani “Qo‘shyog‘och” MFYda joylashgan Delta Compressor MCHJ ga qarashli AGTKSH bostirmasining 10 kvadrat metr maydonda shifti va tagida turgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 22:17 da yetib borib, yong‘inni 22:38 da o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. 

"Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida Matiz rusumli avtomobil butunlay yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing