Yangiyo‘lda itlarni so‘yib yegan shaxslar qamaldi
3-sahifa
−
14 yanvar 3430 1 daqiqa
Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro o‘z itini boqib, parvarishlab, so‘ng so‘yib yegani haqida xabar berilgan edi. Joriy yilning 12 yanvar kuni sudda ushbu harakatni sodir etgan fuqaro hamda uning sheriklari ishi ko‘rib chiqildi va ularga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan dastlab huquqbuzarlarning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Yangiyo‘l shahrida yashovchi uch nafar fuqaro bo‘lib, ulardan biri itni ushlab turgan, ikkinchisi so‘ygan, uchinchisi (egasi) esa terisini shilib olgan.
Shuningdek, ushbu hodisada to‘rtinchi fuqaro ham ishtirok etgan bo‘lib, u itni bo‘laklarga ajratib, shu go‘shtdan tayyorlangan kabobni boshqalar bilan birga iste’mol qilgan.
Bildirilishicha, 12 yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani jinoyat sudi uch nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha 10 sutkalik qamoq jazosini tayinlagan. To‘rtinchi shaxs esa jazolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning sentyabr oyida ham aynan Yangiyo‘l tumanida joylashgan choyxonada chumchuq go‘shtidan “shashlik” pishirib, sotilayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi