Yangiyo‘lda dahshatli YTH. 12 yashar bola vafot etdi

3-sahifa 9201
image
-

Bugun, 18 aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi, ulardan biri 12 yashar bola bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Voqea soat 06:15 larda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 829-kilometrida sodir bo‘lgan. YTHda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan U.I. Lada-Largus rusumli avtomobilida harakatlanayotib, uxlab qolishi natijasida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan U.U. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lada-Largus avtomobili yo‘lovchilari, 1983 yilda tug‘ilgan M.O. va 2010 yilda tug‘ilgan O.J.lar olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 367
Reyting: 3
Teglar
YTH
t
×