Yangiyo‘lda bir guruh “Jihodchilar” qo‘lga olindi
Jamiyat
−
20 avgust 2020 14956 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida “Jihodchilar” oqimining bir nechta a’zolaridan iborat guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot a’zolari safiga borib qo‘shilgan xolda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Ular o‘z navbatida Yangiyo‘l shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yo‘lga da’vat qilgan holda, Suriya davlatidagi “Tavxid va Jihod” katibasi xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025