Andijonda yashirin ekstremistik guruh aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon shahrida joriy yilning may oyida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan holda shahardagi turli choyxonalarda to‘planib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga  qo‘shilishni niyat qilgan. Shuningdek, ular o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, o‘z tarafdorlariga berib kelgan.

Jamoat a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan  Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon jihodchilar ekstremistik oqim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing