Yangiyo‘lda homilador ayolini o‘ldirib, kanalga tashlab yuborgan metro mashinisti qamaldi
3-sahifa
−
21 may 9873 2 daqiqa
Toshkent viloyatida homilador ayolini o‘ldirib, kanalga tashlab yuborgan “Toshkent metropoliteni” mashinisti 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Sud materialida yozilishicha, sudlanuvchi D.N. o‘tgan yilning 10 dekabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-3 mashinasida turmush o‘rtog‘i marhum G.N.ning ish joyiga borgan va uni xizmat xonasidan olib chiqib, mashinaga mindirgan. U ayolni odam qatnovi kam bo‘lgan Yangiyo‘l tumanining “Baytish” MFY Jumabuxa ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Salar kanalining ko‘prigi ustiga olib borib, o‘rtalarida rashk tufayli kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli o‘ziga oldindan homiladorligi ayon bo‘lgan G.N.ni mashinasida oldindan tayyorlab qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan ayolning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba zarba berib, uni qasddan o‘ldirgan.
Erkak ayolining o‘lganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, uning murdasini avtomashinadan tushirib, kanalga tashlab yuborgan va voqea joyidan yashiringan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol 15-20 haftalik homilador bo‘lgan. Sudlanuvchi D.N. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirib, 2021 yilda ayoli bilan sevishib turmush qurgani va o‘rtalarida bir farzandi borligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda turmush o‘rtog‘i savdo-sotiq qilish maqsadida Turkiyaga borib kelgan. Shundan so‘ng, ayolining harakatlarida o‘zgarishlar boshlangan va ayoli bilan tez-tez oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqqan.
Erkak ayoli undan yashirincha ko‘pchilikdan qarz olib, unga aytmagani, tilla buyumlarni qarzga olib, undan yashirib kelgani, kreditlar rasmiylashtirib kelganini bildirgan.
Sudda marhumaning onasi sudlanuvchi hali tug‘ilmagan chaqaloq va qizi – umumiy ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lganini aytib, kuyoviga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘ragan.
Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ayol o‘zi tanimagan 3 yoshli qizni hech bir sababsiz pichoqlab o‘ldirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr