Yangiyo‘l shahri, Bo‘ka va Shofirkon tumanlariga soliqboshilar tayinlandi
Jamiyat
−
02 aprel 2021
4767Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri va Bo‘ka tumaniga hamda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanga yangi davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi.
Alpomish Shokirovich Xolmurodov Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Alpomish Xolmurodov 1985 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006 yilda Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Alpomish Xolmurodov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
U soliq organlaridagi faoliyatini 2006 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.
Alpomish Xolmurodov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Ravshan Odilovich Boboyev Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ravshan Boboyev 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2006 yilda Soliq akademiyasini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ravshan Boboyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.
U soliq organlaridagi faoliyatini 2002 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazish sho‘’basi inspektori lavozimidan boshlagan.
Boboyev Ravshan Odilovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Alisher Erkinovich Qodirov Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Alisher Qodirov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini, 2001 yilda Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Alisher Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.
U soliq organlaridagi faoliyatini 1995 yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi Tahlil va tushumlarni nazorat qilish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.
Alisher Qodirov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.
LiveBarchasi