Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
18 fevral 2020
9686Bugun, 18 fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ne’mat Ozodovich Abdullayev vazifasidan ozod etilib, Furqat Abdusalomovich Xudoyberdiyev Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov tahliliy ma’ruza qilib, Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim jihatlariga to‘xtaldi. Xususan, eksport, investitsiya, yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta’minlash kabi ustuvor masalalarda Bekobod tumani viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda borayotgani tanqid qilingan.
Yangi hokim Furqat Xudoyberdiyev 1979 yili Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi