“Bankir” Bo‘ka tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
18 fevral 2020
8438Toshkent viloyati Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugun – 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
Sessiyada bugungacha Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizomiddin Ravshanovich Abbosov Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Nizomiddin Abbosov 1977 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy.
2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi