Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
12:42 2390 1 daqiqa
Murod Ilhomovich Abduazimov Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.
Shuningdek, sessiyada tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, Zoir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Murod Ilhomovich Abduazimov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi esa Murod Abduazimovni tuman hokimi etib tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isoqulov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbari lavozimiga o‘tishi munosabati bilan hokimlikdan ozod etilgan edi. Sardor Isoqulov 2025 yildan buyon Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
Barchasi