Parkent hokimi endi Bo‘kani boshqaradi

Jamiyat

image

Bugun, 25 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga Sardor Isoqulov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘ka tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Begmatov lavozimidan ozod etildi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sardor Dadajonovich Isoqulov nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari tuman kengashi uni tuman hokimi etib tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Sardor Isoqulov 1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2006 yilda Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasining uzatilishini hisoblash bo‘limida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda ishlagan. U 2024 yilning aprel oyida Parkent hokimi bo‘lguniga qadar qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamoliddin Xojimanov Guliston shahri hokimi lavozimidan bo‘shatildi va uning o‘rniga Farrux O‘ktamjonov tayinlangandi. Shuningdek, G‘ijduvon tumani rahbari ham o‘zgardi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati tayinlov Parkent Baxtiyor Begmatov Sardor Isoqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing