“Yangiobod” bozori mas’uli $8,5 ming pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
07 iyun 2022
7664Toshkentdagi “Yangiobod” bozorining mas’ul xodimi tadbirkordan 8,5 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” MCHJning mas’ul xodimlaridan biri tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bozorning xaridorlar gavjum bo‘ladigan hududidan savdo do‘koni olib berish evaziga 10 000 AQSH dollari talab qiladi.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 8 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida “Farhod dehqon bozori” direktori va uning xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari hibsga olingandi.
LiveBarchasi