Yangilangan WBO reytingidan 7 nafar o‘zbek bokschisi joy oldi

Sport

image

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Reytingdan jami 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin egalladi. Hozirda WBO reytingida eng yaxshi o‘rin yarimo‘rta vazn toifasida Shahram G‘iyosovga tegishli bo‘lib turibdi. U -66,6 kg da peshqadam hisoblanadi.

Yangilangan reytingda Olimjon Nazarov va Muhammad Shexov bir pog‘ona yuqorilashga erishdi. Qolgan aksariyat bokschilarning reytingdagi o‘rinlari pastlagan.

Reyting:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 10-o‘ringa joylashdi;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rinni egalladi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona pastlab, 8-o‘rinni egalladi;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi vazn peshqadami;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 11-o‘ringa joylashdi;

Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Bahodir Jalolov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov Butunjahon boks tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing