Yangilangan WBO reytingida o‘zbek bokschilari yuqoriladi

Sport

image

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Umumiy hisobda 6 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi reytingga kiritildi.

Yangilangan jadvalga ko‘ra, o‘tgan oyda 7-pog‘onada bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eliminator jangida g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov esa yarimo‘rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o‘ringa yuqoriladi. U o‘tgan oyda reytingning 3-pog‘onasidan joy olgandi.

Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford bo‘lib turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan band etgan.

Boshqa o‘zbek bokschilari o‘tgan oy reytingidagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolgan.

Reyting:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 6-o‘rin;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) 5-o‘rin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 6-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) 2-o‘rin;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) 7-o‘rin;

Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) 15-o‘rin.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing