Yangilangan WBC reytingida o‘zbek bokschilari nechanchi o‘rinni egalladi?

Sport

image

Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) may oyi yakunlari bo‘yicha bokschilarning reytingini e’lon qildi. O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev ilk bor ushbu reytingga kiritildi.

Umumiy 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi yangilangan reytingdan joy oldi.

• Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 17-o‘rin;
• Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov 9-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev 17-o‘rin;
• Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 6-o‘rin;
• Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 19-o‘rin, Jahongir Rasulov 31-o‘rin;
• Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 14-o‘rin; Botir Ahmedov 23-o‘rin;
• Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 9-o‘rin;
• Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rin;
• Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 10-o‘rin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 66,6 kg vazn toifasida Shahram G‘iyosovning WBA eliminator jangida ishtirok etishi e’lon qilingandi. U shu yilning 17 iyun kuni amerikalik yengilmas bokschi Xarold Kalderon bilan jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing