Yangilangan WBA reytingiga 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi
Sport
−
03 Yanvar 2025 8456 1 daqiqa
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning yanvar oyi uchun yangilangan reytingidan 6 nafar o‘zbek bokschisi o‘rin oldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Reytingga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik chempion sifatida qayd etildi. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Reytingdagi o‘zbek bokschilari:
Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - vaqtinchalik chempion;
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 4-o‘rin ;
Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 4-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 3-o‘rin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodjon Ahmadaliyevning raqibi yaponiyalik Naouya Inoue o‘zbekistonlik bokschi bilan jangga rozilik bildirgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr