Yangilangan WBA reytingida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi peshqadam bo‘ldi
Sport
−
04 noyabr 2023
17134Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Reytingda 4 nafar O‘zbekiston vakili o‘z vazn toifasida 1-pog‘onadan joy olgan.
Yangi jadvaldan umumiy 7 nafar O‘zbekiston vakili o‘rin egallagan. Murodjon Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov va Otabek Xolmatov o‘z vaznida yetakchi bo‘lib turibdi.
WBA reytingi:
Hasanboy Do‘stmatov - (minimal vazn) 2-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oydagi reytingda 2-o‘rinda edi);
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 1-o‘rin;
Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 7-o‘rin (o‘tgan oyda 6-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) - 1-o‘rin (o‘tgan oyda 2-o‘rinda edi);
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 1-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 6-o‘rin (o‘tgan oyda 7-o‘rinda edi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yarim yengil vaznda Otabek Xolmatov WBA kamari uchun jang qilishi xabar qilingandi. U chempionlik jangini amerikalik Raymond Fordga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi