Yangilangan IJF reytingida Bobonov yetakchilikni boy berdi
Sport
−
01 dekabr 2021
4004Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda 90 kg vazn toifasida yetakchilik qilgan o‘zbekistonlik Davlat Bobonov 2 yil avvalgi musobaqalarda qo‘lga kiritgan ochkolari kuygani sabab ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.
Yetakchilik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni gruziyalik Lasha Bekauriga nasibqildi. Bekaurining 2 yil avval qo‘lga kiritgan ochkolari hisobdan chiqarilishi sababli Bobonov yana peshqadamga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniri finalchisi Hikmatilloh To‘rayev (73 kg) oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5240 ochko
22. Kemran Nurillayev – 1848 ochko
66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5348 ochko
7. Sardor Nurullayev – 3569 ochko
73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5475 ochko
6. Hikmatilloh To‘rayev – 3199 ochko
81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6710 ochko
3. Sharofiddin Boltaboyev – 4456
90 kg:
1. Lasha Bekauri (Gruziya) – 5780 ochko
2. Davlat Bobonov – 5736 ochko
100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5744 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 2815 ochko
+100 kg:
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6250 ochko
25. Alisher Yusupov – 1503 ochko
27. Bekmurod Oltiboyev – 1352 ochko
Ayollar. 52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 6520 ochko
10. Diyora Keldiyorova – 3142 ochko
70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5739 ochko
10. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko
Ma’lumot uchun, Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bittadan kumush (Hikmatilloh To‘rayev) va bronza (Davlat Bobonov) medal qo‘lga kiritishdi.
LiveBarchasi