Diyora Keldiyorova IJF reytingida yetakchi bo‘ldi

Sport

image

Ozarbayjonning Baku shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri yakunlanganidan keyin Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.

Yangi reytingda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida 7984 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. Ushbu vaznda yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Sita Qadamboyeva 2654 ochko bilan 13-o‘rinni band etdi.

Erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik dzyudochilardan eng yaxshi natijani -73 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev va +100 kg da Alisher Yusupov qayd etdi. Yo‘ldoshev 5083 ochko, Yusupov esa 5220 ochko to‘plab, o‘z vazni jadvalida 3-o‘rinni egalladi.

Tokio-2020 Olimpidasi sovrindori Davlat Bobonov -90 kg vaznda 5-o‘rinda, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev esa -100 kg da 7-o‘rinda qayd etildi.

Erkaklar:

-60 kg vazn toifasida:

1. Frantsisko Garrigos (Ispaniya) – 5299 ochko;

8. Dilshodbek Baratov – 3907 ochko;

23. Doston Ro‘ziyev – 2070 ochko;

40. Kamoliddin Baxtiyorov – 1245 ochko.

-66 kg vazn toifasida:

1. Denis Viyeru (Moldova) – 6162 ochko;

12. Muhriddin Tilovov – 3489 ochko;

22. Sardor Nurillayev – 2639 ochko.

-73 kg vazn toifasida:

1. Xidayat Geydarov (Ozarbayjon) - 6773 ochko;

3. Murodjon Yo‘ldoshev – 5083 ochko;

6. Shahram Ahadov – 4100 ochko;

16. Obidxon No‘monov – 3126 ochko.

-81 kg vazn toifasida:

1. Mattias Kasse (Belgiya) - 8107 ochko;

34. Sharofiddin Boltaboyev – 1690 ochko;

36. Muso Sobirov – 1594 ochko;

45. Nurbek Murtazoyev – 1183 ochko.

-90 kg vazn toifasida:

1. Luka Maysuradze (Gruziya) - 6816 ochko;

5. Davlat Bobonov – 4324 ochko;

34. Jahongir Mamatrahimov – 1673 ochko.

-100 kg vazn toifasida:

1. Ilya Sulamanidze (Gruziya) - 7048 ochko;

7. Muzaffarbek To‘raboyev – 4069 ochko;

42. Otabek To‘raboyev – 1308 ochko;

60. Rustam Shorahmatov – 726 ochko.

+100 kg vazn toifasida:

1. Temur Rahimov (Tojikiston) - 6255 ochko;

3. Alisher Yusupov – 5220 ochko;

20. Shohruhxon Baxtiyorov – 2477 ochko;

65. O‘tkirbek To‘raboyev – 647 ochko.

Ayollar:

-48 kg vazn toifasida:

1. Assunta Skatto (Italiya) – 6871 ochko;

21. Halimajon Qurbonova – 2485 ochko.

-52 kg vazn toifasida:

1. Diyora Keldiyorova – 7984 ochko;

13. Sita Qadamboyeva – 2654 ochko.

-57 kg vazn toifasida:

1. Krista Deguchi (Kanada) – 8840 ochko;

26. Shukurjon Aminova – 1900 ochko;

52. Nilufar Ermaganbetova – 919 ochko.

-63 kg vazn toifasida:

1. Katrin Boshmen-Pinar (Kanada) – 5477 ochko;

65. Sevinch Isoqova – 553 ochko.

-70 kg vazn toifasida:

1. Sanne Van Deyke (Niderlandiya) – 6979 ochko;

19. Gulnoza Matniyozova – 2545 ochko;

27. Shohista Nazarova – 1903 ochko.

-78 kg vazn toifasida:

1. Inbar Lanir (Isroil) – 7765 ochko;

32. Irisxon Qurbonboyeva – 1495 ochko.

+78 kg vazn toifasida:

1. Romane Dikko (Fransiya) – 7545 ochko;

58. Rinata Ilmatova – 542 ochko.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova Davlat Bobonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing