Bugun Abdumalik Xalokov va Davlat Bobonov Olimpiadadagi yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 31 iyul kuni 8 nafar o‘zbekistonlik atlet Parij-2024 Olimpiada bahslarida medallar uchun kurash olib boradi.

Kun dasturida o‘zbekistonlik atletlarning chiqishini soat 12:30 da akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi boshlab beradi.  

Dzyudochilardan Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyozova medallar uchun kurash olib boradi.

Boks bahslarida esa delegatsiya bayroqdori Abdumalik Xalokov, -71 kg vaznda esa jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tariladi.

Kamondan otish bellashuvlarida Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat Bobonov Abdumalik Xalokov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing