Parij-2024: O‘zbekistonlik dzyudochilar chorak finalga chiqdi
Sport
−
03 avgust
9562Bugun, 3 avgust kuni Parijda davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo bellashuvlarida jamoaviy dastur bo‘yicha bahslar boshlandi.
1/8 finalda o‘zbekistonlik dzyudochilar Kanada vakillariga qarshi tatamiga chiqib, 4:0 hisobida zafar quchdi. O‘zbek dzyudochilardan Shukurjon Aminova, Murodjon Yo‘ldoshev, Gulnoza Matniyozova va Davlat Bobonov raqiblari bilan bellashuvlarda g‘alaba qozonib, jamoaga chorak final yo‘llanmasini keltirdi.
O‘zbekiston jamoasi keyingi bellashuvda italiyalik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqadi. O‘zbekiston-Italiya o‘rtasidagi chorak final bahsi Toshkent vaqti bilan 16:00 lar atrofida boshlanishi kutilmoqda.