Yangilangan IBF reytingidan 3 nafar o‘zbek bokschisi o‘rin oldi
Sport
−
11 Mart 2024 5494 1 daqiqa
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) fevral oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Reytingga o‘zbekistonlik 3 nafar charm qo‘lqop ustasi kiritildi.
Birinchi yarim yengil vaznda (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rinni band etdi. Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 14-o‘rindan joy oldi.
E’tiborlisi, uch bokschi ham o‘tgan oyda ham aynan hozirgi o‘rinlarida qayd etilgan.
Super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oy 12-o‘rinda edi. Madrimov IBF'ning yangilangan reytingiga kiritilmadi. U boshqa yo‘nalishda (WBA) chempion bo‘lgani sabab, katta ehtimol IBF reytingdan chiqarib yuborilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr