Yangi yilning birinchi sutkasida O‘zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Jamiyat

image

Yangi yilning birinchi sutkasida O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda  Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, O‘zbekistonda 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859  nafar chaqaloq tug‘ilgan. 

2025 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:

  • 845 nafari qiz,  
  • 796 nafari o‘g‘il. 

Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (244 nafar) tug‘ildi.  

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda: 

  • Samarqand viloyati — 186 nafar,
  • Qashqadaryo viloyati — 181 nafar, 
  • Surxondaryo viloyati — 172 nafar, 
  • Toshkent viloyati — 150 nafar, 
  • Toshkent shahri — 139 nafar, 
  • Andijon viloyati — 90 nafar,  
  • Jizzax viloyati — 87 nafar, 
  • Buxoro viloyati — 86 nafar, 
  • Xorazm viloyati — 83 nafar, 
  • Qoraqalpog‘iston R. — 71 nafar, 
  • Namangan viloyati — 65 nafar, 
  • Sirdaryo viloyati — 45 nafar,
  • Navoiy viloyati — 42 nafar.  

Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chaqaloq Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing