Yangi yil arafasida Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 2024 yilning 10 dekabridan 2025 yilning 15 yanvarigacha ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu cheklov Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida qilinmoqda.

  • Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan “Yoshlar ijod saroyi”gacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri ko'chalar transport harakati Yangi yil bayrami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing