Yangi vazirlik zimmasiga fohishabozlikning sabablarini o‘rganish vazifasi yuklanadi

Jamiyat

image
Ikki tashkilot tugatildi. O‘rniga yangi vazirlik tashkil etildi north_east

Ikki tashkilot tugatildi. O‘rniga yangi vazirlik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

•  xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish sohasida:

•  og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

•  xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlarini tashkillashtiradi;

•  uy-joyga muhtoj og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, “Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi hisobidan boshlang‘ich badalni to‘lab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

•  xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga  chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari kengashlari, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

•  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni og‘ir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy ko‘maklashadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing