“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib boruvchi yo‘l 2 kunga yopiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sabab bog‘ga olib boruvchi ko‘chaning bir qismida transport qatnovi 2 kunga to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Poytaxtning Maxtumquli-Ohangaron shoh ko‘chasidan, Yangi O‘zbekiston - 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan hudud 31 avgust va 1 sentyabr kunlari soat 19.00 dan 22.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yopiladi. Bu davr mobaynida ushbu ko‘chada faqatgina bayram tadbiriga qatnashadigan piyoda yo‘lovchilar harakatlanishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyatining quyidagi tumanlaridan keluvchi mehmonlarga 4R12 yo‘li bo‘ylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtga kirish tavsiya etiladi:

•  Yuqori Chirchiq;
•  Quyi Chirchiq;
•  O‘rta Chirchiq;
•  Parkent. 

Bo‘stonliq, G‘azalkent va Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlarga esa Chirchiq shahri orqali Yuzrobod ko‘chasi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasi orqali kirishlari tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi O'zbekiston bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing