Yangi o‘quv yilida kirish testlari qaysi darsliklardan tuzilishi aytildi
Jamiyat
−
03 noyabr 2023
8145O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida tushadigan test savollari qaysi darsliklardan tuzilishi aniq bo‘ldi. Tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, mazkur darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar asosida shakllantirilgan.
Ular 2023-2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola (https://uzbmb.uz/info/textbooks) orqali tanishish mumkin.