O‘zbekistonda maktablar qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
25 avgust 2025 75951 1 daqiqa
O‘zbekiston maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi 2025/2026 o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarining 1-kurslari uchun 3 sentyabr, yuqori kurslarga esa 8 sentyabr kunidan boshlanishi xabar qilingan edi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar