Texnikumlarda darslar qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
29 avgust 2025 7741 1 daqiqa
Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari bo‘yicha 2- va 3-kurs o‘quvchilari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalari va maktablarda yangi o‘quv yilining qachondan boshlanishi e’lon qilingan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral