Texnikum direktorlariga menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlariga, shuningdek, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan rahbarlarga menejerlik sertifikatini berish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda hukumatning joriy yil 20 avgustida qabul qilingan “Kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi 451-sonli nizomida so‘z boradi.

Nizomga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi hamda ularga menejerlik sertifikati beriladi.
Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar va ularning o‘rinbosarlari Nizom talablariga muvofiq sertifikat oladi.

Menejerlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat elektron shaklda, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR kod qo‘yilgan holda beriladi.

Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari maxsus portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan direktorlar va direktor o‘rinbosarlariga sertifikat ularning arizasi asosida o‘quv kursini o‘tamasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch yil muddatga beriladi.

Yakuniy sinovda ijobiy natija ko‘rsatgan tinglovchiga sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida sertifikat topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirish tartibi belgilangani haqida xabar berilgan edi.
  .


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing